Zelenskiy shiddatli janglar boshlangani haqida xabar berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova bilan qo‘shma brifingda Rossiya bo‘linmalari Xarkov viloyatiga shiddatli hujum boshlaganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Ukraina armiyasi bunga tayyor bo‘lgan.
«Ertalab soat 7-8 da shiddatli artilleriya jangi sodir bo‘ldi», dedi Ukraina prezidenti.
O‘z navbatida, Xarkov viloyati ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov telemarafonda hududning Rossiyadan o‘qqa tutilishi va chegaradagi janglar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Xarkovning o‘ziga hech qanday tahdid yo‘q.
Rossiya Mudofaa vazirligi Sumi va Xarkov viloyatlari bilan chegarada faol jangovar harakatlar haqida xabar bermadi. Xarkov viloyatining rossiyaparast ma’muriyati rahbari Vitaliy Ganchev, o‘z navbatida, janglar, jumladan, chegara hududlari to‘qnashuvlar haqida yozgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter