Yuqori bosimli gaz quvurida avariya sodir bo‘ldi
Tungi soat 01:30 da Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi «Olovuddin» mahallasida «Neksiya-3» avtomashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urilishi natijasida avariya sodir bo‘lgan.
Natijada Denov tumanidagi 3950 ta aholi va 20 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter