Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar qancha dam oladi?

Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar qancha dam oladi?

Foto: Xabar.uz

“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4- yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

-28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);

-29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;

-30-dekabr (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;

-31-dekabr (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;

-1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;

-2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring