Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda 200 milliondan oshiq dollarni o‘zlashtirgan amaldor qatl etildi

Xitoyda 200 milliondan oshiq dollarni o‘zlashtirgan amaldor qatl etildi

Xitoyda Xux-xot shahri Kommunistik partiyasi ishchi qo‘mitasining sobiq kotibi Li Szyanpin qatl etildi.

Sobiq amaldor korrupsiya, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va jinoiy til biriktirishda ayblanib qatl etilgan, deya xabar beradi Sinxua agentligi. 

Tergov hujjatlarida ma’lum qilinganidek, amaldor turli rahbarlik lavozimlarini egallab turib, «bu darajadagi amaldorlar orasida kamdan-kam uchraydigan boylikni noqonuniy ravishda to‘plagan». Shunday qilib, u 1,43 milliard yuandan ortiq (bugun, 17 dekabrdagi kurs bo‘yicha deyarli 200 million dollar) davlat mablag‘larini noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan. Bundan tashqari, u boshqalardan 80 million dollardan ortiq moliyaviy va moddiy boyliklarni o‘zlashtirib, 141 million dollardan ortiq davlat mablag‘larini noto‘g‘ri ishlatgan.

Xitoy ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, jami summa Xitoyning butun tarixidagi korrupsiya holatlari uchun eng yiriklaridan bo‘lgan. Li aybdor deb topilib, 2022 yil sentyabridayoq o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. 2024 yil avgust oyida sud uning jinoyatlarini o‘ta og‘ir deb hisoblab, shikoyatini rad etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring