Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vayner Farhod Mannopovning vafoti bo‘yicha jinoyat ishi sudga oshirildi

Vayner Farhod Mannopovning vafoti bo‘yicha jinoyat ishi sudga oshirildi

Joriy yilning martida burnidan jarohat olgani sababli Toshkent shahridagi «Star Med Center» klinikasida operatsiya qilingan, biroq komaga tushib so‘ng vafot etgan bloger Farhod Mannopovga doir jinoyat ishi sudga oshirilgan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) bilan ayb e’lon qilingan.

Mittivine taxallusi bilan ijod qilgan blogerning vafoti bo‘yicha jinoyat ishi joriy yilning 6-martida ochilgan edi.

Keyinroq esa yuqorida nomi keltirilgan klinika litsenziyasi bekor qilingani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring