Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uy-joy olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Uy-joy olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.T. fuqaro Sh.Yu.ning ishonchiga kirib, 4 200 AQSh dollari evaziga Farg‘ona shahridagi hokimlik balansidagi orderli uyni uning nomiga rasmiylashtirib berishini hamda uy-joy sotib olish uchun subsidiya olib berishini va’da qilib, oldindan 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «K.K.S.» MChJ rahbari A.A. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro M.K.ning ishonchiga kirib, uning «Zarqo‘rg‘on» MFYdagi xonadonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring