Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbari tayinlandi

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbari tayinlandi

Rehina Mariya Kastijio xonim Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi.

Mazkur tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio xonim UNICEFning Xorvatiya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari va UNICEFning Paragvaydagi vakolatxonasi rahbari lavozimlarida ishlagan.

2016 yilda UNICEFda mehnat faoliyatini boshlashdan oldin Kastijio xonim Boliviya, Ekvador va Perudagi UNAIDS direktori, Shveysariyada UNAIDS xususiy sektor bilan hamkorlik bo‘limi rahbari va BMT Bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimi bo‘lgan.

Kastijio xonim AQShning Vashington shtatidagi G‘arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olgan, AQShning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistrlik darajasini olgan.

Rehina Mariya Kastijio xonim ispan, ingliz va fransuz tillarida ravon so‘zlashadi. Oilali, ikki farzandi bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring