Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uchquduq» restorani auksionga chiqarildi

«Uchquduq» restorani auksionga chiqarildi

Garov — bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi hisoblanadi.

Ma’lumki, bank kreditlari ko‘pchilik hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi.

Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining fuqaro N.U. dan «Mikrokreditbank» ATB foydasiga 2,2 mlrd so‘m kredit qarzini undirish hamda undiruvni qarzdorga tegishli G‘allaorol tumanida joylashgan restoran binosiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi 23.05.2024 yilda kelib tushgan, shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida jamiyat qarzdorlikni ixtiyoriy to‘lamaganligi sababli, unga tegishli restoran binosi xatlanib, elektron-onlayn auksionga savdoga chiqarildi. Kelgusida sotuvdan tushgan puldan mavjud qarzdorlik qoplanadi, deyiladi MIB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring