Xodimlariga oylik bera olmagan korxonaning texnikalari xatlandi
Jizzaxda qarzdorning maxsus texnikalari xatlandi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 154-moddasida Ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashi shartligi belgilangan.
Majburiy ijro byurosining Forish tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor «Karbonat» AJ hisobidan 93 nafar fuqarolar foydasiga jami 1 mlrd 891 mln so‘mlik ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, ijro harakatlari davomida qarzdordan 87 mln. so‘m undirilib, O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 80-moddasi talabi asosida taqsimlab berilgan.
Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan EKG-5 va EKG 4.6 rusumli ekskovatorlari xatlangan.
Kelgusida mazkur texnikalar baholanib, elektron auksion savdolariga chiqariladi.
Avvalroq korxonaning yana 6 dona transport vositasi auksion savdolariga chiqarilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter