Turkiyadagi mudofaa zavodida kuchli portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Turkiya g‘arbida joylashgan Baliqesir shahridagi mudofaa zavodida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda CNN Türk telekanali xabar bermoqda.
«Baliqesir gubernatori Ismoil Ustao‘g‘lining ma’lum qilishicha, Karesa viloyatidagi portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda yuz bergan portlash oqibatida 12 kishi qurbon bo‘lgan, yana 3 kishi jarohatlangan», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, viloyat rasmiylari vayronalar ostida yana odamlar qolgan-qolmaganini aniqlashga harakat qilmoqda. Hozirda portlash sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter