Turkiya elchixonasida G‘alabaning 102 yilligi nishonlandi
Poytaxtimizdagi Turkiya Respublikasi elchixonasida G‘alabaning 102 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimizdagi elchixonalar harbiy attashelari, faxriy mehmonlar va OAV vakillari ishtirok etdi. Marosim avvalida Turkiya va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangradi.
Marosimda Turkiya elchixonasi harbiy attashesi Mahmud Qaya G‘alabaning 102 yilligi haqida so‘z yuritdi, Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning tabrigini o‘qib eshittirdi.
G‘alaba kuni (Turk Qurolli Kuchlari kuni) — Turkiyada 1922-yil 30-avgustda Dumlupinar jangidagi hal qiluvchi g‘alaba xotirasiga bag‘ishlangan bayramdir.
Bu bayram 1922-yil 30-avgustda yunon-turk urushidagi so‘nggi — Dumlupinar jangidagi hal qiluvchi g‘alabaga bag‘ishlanadi. Jangdan keyin yunonlarning Onado‘lidagi hukmronligi tugagan. G‘alaba kuni 1926-yildan buyon rasmiy bayram sifatida nishonlanib kelmoqda. Birinchi marta 1923-yil 30-avgustda nishonlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter