Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turk parlamenti mamlakatning O‘zbekiston bilan aloqasiga doir qator hujjatlarni qabul qildi

Turk parlamenti mamlakatning O‘zbekiston bilan aloqasiga doir qator hujjatlarni qabul qildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berishicha, 15-may, chorshanba kuni Turkiya Respublikasining rasmiy gazetasida Turkiya Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi ayrim muhim hamkorlikka oid qonunlar, bitimlar va protokollar Parlament tomonidan qabul qilinganligi e’lon qilindi.

Jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi faoliyati to‘g‘risidagi Bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Protokol;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy hadli Bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring