Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Zelenskiydan nima istaydi?

Tramp Zelenskiydan nima istaydi?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy lavozimini tark etmaguncha, Amerika mamlakatga qurol-yarog‘ yetkazib bermasligi mumkin. Bu haqda bugun Bild nashri mutaxassislarga tayanib yozmoqda. 

“Oval kabinetdagi shov-shuvli uchrashuvdan so‘ng, Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni sherik sifatida emas, balki muzokaralari oldidagi to‘siq ko‘rayotganiga shubha yo‘q”, — deya ta’kidlaydi gazeta. Nashr AQSh prezidenti va uning ma’muriyatining barcha harakatlari, jumladan, Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatish ham Zelenskiy bosimining asosiy maqsadi deya baholamoqda. 

Kyoln universiteti professori, xalqaro aloqalar va tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Tomas Yegerning so‘zlariga ko‘ra, “Trampning Zelenskiy bilan hisob-kitob qilish uchun o‘z bahosi bor”. Professor Yegerning eslashicha, Trampning Ukraina yetakchisi bilan munosabatlari 2020-yildayoq yomonlashgan.  O‘shanda Vladimir Zelenskiy Amerika prezidentiga raqibi Jo Baydenga qarshi sabab topishda yordam bermagan, deyiladi xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring