Tramp Rossiya bo‘yicha keskin bayonot e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga yirik sanksiyalar va bojxona to‘lovlari bilan tahdid qildi.
Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va bojxona to‘lovlarini joriy etish g‘oyasini ko‘rib chiqayotganini yozdi.
“Rossiya Ukrainani jang maydonida “parchalayapti” degan haqiqatdan kelib chiqib, men o‘t ochishni to‘xtatish va yakuniy tinchlik kelishuviga erishilgunga qadar Rossiyaga nisbatan yirik bank sanksiyalari va tariflarni jiddiy ko‘rib chiqyapman.
Rossiya va Ukraina, juda kech bo‘lmasdan, hozir [музокаралар] stoliga o‘tiring. Rahmat!!!" — deb yozgan Tramp.
Trampning mazkur bayonotidan so‘ng Moskva birjasida aksiyalar keskin pasaya boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter