Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Kanada alyuminiy va po‘latiga bojlarni ikki baravar oshirdi

Tramp Kanada alyuminiy va po‘latiga bojlarni ikki baravar oshirdi

Seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada po‘lat va alyuminiyiga rejalashtirilgan tariflarni ikki baravar oshirib, ularni 50 foizga oshirish rejalarini e’lon qildi.

Tramp «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida tariflar 12-mart, chorshanba kunidan kuchga kirishi haqida yozgan. Uning aytishicha, bu Kanadaning elektr energiyasi uchun 25 foizlik tarifiga javob.

«Men savdo kotibimga dunyodagi eng yuqori tarifli davlatlardan biri bo‘lgan Kanadadan AQShga keladigan barcha po‘lat va alyuminiyga qo‘shimcha 25 foiz tarif joriy etib, bojlarni 50 foizgacha ko‘tarishni buyurdim», – deb yozdi Tramp.

U, shuningdek, Kanada rasmiylaridan Amerika sut mahsulotlariga tariflarni zudlik bilan kamaytirishni talab qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring