O‘rtachirchiqdagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi: qurbon bor
5-dekabr, payshanba kuni soat 07:46 da Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani «Kim Pen Xva» MFY Qutb Yulduzi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.
Chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
«Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev yetib bordi va uning rahbarligida vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Shuningdek, hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman hokimiyati, Prokuratura, IIB, SSB, «Hududgazta’minot» rahbar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyida amaliy harakatlarni olib bormoqda», – deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter