Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tataristondagi yong‘inda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etgani aytilmoqda

Tataristondagi yong‘inda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etgani aytilmoqda

Tataristonning Malorechenskiy qo‘rg‘onchasida joylashgan chorvachilik fermasi ishchilari yashab kelgan uyda chiqqan yong‘inni o‘chirish vaqtida olti nafar erkakning jasadi topildi.

Rossiya FVV bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu uyda jami 39 kishidan iborat jamoa yashab kelgan. Yong‘in sodir bo‘lganida 33 kishi uydan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan, biroq 6 kishi baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgan. Yana bir kishi tan jarohati olgan.

Yong‘inning kelib chiqishiga elektr jihozlarini ishlatish qoidalarining qo‘pol buzilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Telegramdagi Baza kanali xabariga ko‘ra, Yelabuga viloyatida joylashgan fermer xo‘jaligida yong‘in soat 03:00da boshlangan. Yong‘in bir soatdan keyin o‘chirilgan.

«Voqea joyidan olti kishining jasadi topilgan. Halok bo‘lganlarning besh nafari O‘zbekiston fuqarolari», – deyiladi telegram-kanalda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring