Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashqi yozuvlar – e’lon va peshlavhalar «tili»ga bo‘lgan talab qat’iylashishi mumkin

Tashqi yozuvlar – e’lon va peshlavhalar «tili»ga bo‘lgan talab qat’iylashishi mumkin

«Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov partiya deputatlari «Tashqi yozuvlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini tayyorlayotganini ma’lum qildi.

«Toshkentdan boshlab barcha shaharlarimizda tashqi yozuvlar, e’lonlar, ko‘rsatmalar boshqa tillarda, hatto boshqa alifbolarda yozilayotgani achinarli muammo!

O‘zbekistonda barcha tashqi yozuvlar, e’lon, ko‘rsatmalar o‘zbek tilida bo‘lishi shart. Zaruratga qarab boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.

Tayanch qadriyatimiz sifatida o‘zbek tiliga munosabatimiz tubdan o‘zgarishi kerak», – deydi Qodirov.

U, shuningdek, bu borada avvalo tadbirkorlar, mulkdorlar va boshqaruv idoralari o‘zbek tiliga hurmat, qonunga itoatda namuna bo‘lishlari kerakligini, jamoatchilik esa bu masalada murosasiz bo‘lishi lozimligini aytadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring