Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyaning yangi rahbari Putinga talab qo‘ydi

Suriyaning yangi rahbari Putinga talab qo‘ydi

Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shara Rossiya rahbari Vladimir Putindan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni sudga topshirishni talab qildi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida Al Arabiya telekanali manbalarga tayanib xabar berdi. Kanal boshqa hech qanday tafsilotlarni keltirmadi.

2024-yil dekabr oyidan beri “Hayat Tahrir ash-Sham” guruhi  Suriyada hokimiyatni qo‘lga oldi va Bashar Asad iste’foga chiqib, oilasi bilan Rossiyaga qochib ketdi. U 2000-yil 17-iyuldan boshlab 24 yil davomida prezidentlik qilgan.

2025-yil mart oyida Suriyaning asosan alaviylar istiqomat qiladigan hududlarida xavfsizlik kuchlari va sobiq prezident tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. 7 mart kuni Suriya armiyasi Tartus va Latakiya markazini egalladi va Ahmad al-Shara isyonchilarni “kech bo‘lmasdan turib qurollarini tashlab, taslim bo‘lishga” chaqirdi. Uning fikricha, to‘qnashuvlar “kutilgan muammo”ga aylangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyada 1,5 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.

13-mart kuni Suriya muvaqqat prezidenti konstitutsiyaviy deklaratsiyani imzoladi. Bu mamlakatda besh yil davom etadigan o‘tish davrining huquqiy asoslarini belgilaydi. 20-mart kuni Vladimir Putin Ahmad al-Sharaga maktub yo‘llab, yangi hukumatning mamlakatdagi vaziyatni tezda barqarorlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring