Suriyaning Islom hamkorlik tashkilotiga a’zoligi tiklandi

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari Suriyaning tashkilotga qaytishini qo‘llab-quvvatlashdi.
«Turkiya tashabbusi bilan Suriyaning IHTga a’zoligiga tiklanishi masalasi tashkilotning 7-mart kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan TIV rahbarlari ishtirokidagi favqulodda majlisi kun tartibiga kiritildi. Uchrashuvda rezolyusiya loyihasi qabul qilinib, Suriyaning IHTga a’zoligi tiklandi», — deb bayonot berdi Turkiya TIV.
Rezolyusiya qabul qilingach, Suriya tashqi ishlar vaziri tashkilot kengashidagi o‘ziga ajratilgan joyga kelib o‘tirishga taklif qilindi.
Biroq Suriya tinchigan emas, kecha mamlakatning Latakiya, Tartus va Xums hududlarida muvaqqat hukumat xavfsizlik kuchlari va sobiq prezident Bashar Asad tarafdori bo‘lgan qurolli guruhlar o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar yuz bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter