Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirlar oshkor bo‘lmoqda. Anjelina Joli turmush o‘rtog‘ini nega sudga berdi?

Sirlar oshkor bo‘lmoqda. Anjelina Joli turmush o‘rtog‘ini nega sudga berdi?

Gollivud aktrisasi Anjelina Joli o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha sudga murojaat qildi. Bu haqda The New York Times gazetasi ma’lum qildi.

Aktrisaning advokati sudga ma’lum qilishicha, uning turmush o‘rtog‘i Jolidan vino zavodidagi ulushini sotish bo‘yicha muzokaralarni oshkor qilishini talab qilib, aktrisaga jismonan va ruhan zo‘ravonlik qilgan.

Jolining da’vo arizasida 2016 yilning sentyabr oyida yuz bergan mojaro tafsilotlari ochib berilgan. Qayd etilishicha, o‘shanda aktyorlar olti nafar bolasi bilan Fransiyadan Kaliforniyaga shaxsiy samolyotda borishgan. Da’voda aytilishicha, Pitt bolalardan birini bo‘g‘gan, ikkinchisining yuziga musht tushirgan va Jolining boshidan ushlab, silkitgan. Bred Pitt xotiniga pivo, keyin esa bolalariga pivo va qizil vino sepgan.

The New York Times nashrining yozishicha, aktrisa voqeadan bir necha kun o‘tib ajrashish uchun ariza bergan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida Bred Pitt Anjelina Jolini qasos olish maqsadida rossiyalik oligarx bilan til biriktirganlikda ayblagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Pittning rafiqasi unga tegishli bo‘lgan Chateau Miraval vino zavodidagi ulushini 2021 yilda sotgan va buni undan atayin yashirgan. Bu sir oshkor bo‘lgach Pitt bundan g‘azablangan. Aksiyaning xaridori rossiyalik oligarx va alkogol magnati Yuriy Shefler bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring