Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kemeron Diaz 11 yillik tanaffusdan so‘ng katta ekranlarga qaytmoqda

Kemeron Diaz 11 yillik tanaffusdan so‘ng katta ekranlarga qaytmoqda

Foto: Global Look Press

Aktrisa Kemeron Diaz 11 yillik tanaffusdan so‘ng 2025-yilda katta ekranlarda paydo bo‘ladi. 52 yoshli kinoyulduz nega katta tanaffus qilgani sababini Fortune eng nufuzli ayollar sammitida tushuntirdi.

Aktrisa bor e’tiborini oilasiga — turmush o‘rtog‘i Benji Medden bilan birgalikda ikki nafar farzandi tarbiyasiga bag‘ishlash uchun Gollivudni tark etgan.

«O‘zimni hayotga qaytarish uchun nimadir qilishim kerakligini tushunib yetgandim. Qolgani menga qiziq emas edi», — Diazning so‘zlarini keltirdi Variety.

Hamkasblarining fikrlari va muvaffaqiyatlari ham uni tanlagan yo‘lidan qaytarolmagan.

«Hamma gap siz nimani astoydil istashingizda. Men uchun bu oila edi», — dedi aktrisa.

Kemeron Diaz 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshlarida Gollivudning eng muvaffaqiyatli aktrisalaridan edi. «Niqob», «Charli farishtalari», «Ta’tillar almashganda» kabi ko‘plab filmlarda suratga tushgan.

Netflix «Yana harakatda» jangari komediyasi premerasini 2025-yilga mo‘ljallagan, rejissyor Set Gordon suratga olgan filmda bosh rollarni Kemeron Diaz, Jeymi Foks, Kayl Chandler va Glenn Klouz o‘ynagan.

Yangi filmdan kadr.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring