Senat yalpi majlisida uxlab qolgani aytilgan ishtirokchining sog‘lig‘i yomonlashib qolgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy Majlis Senatining bugungi yalpi majlisi vaqtida Surxondaryo viloyati studiyasi jonli efirga olib chiqilganda orqa qatorda o‘tirgan ishtirokchining uxlab qolgani aytilgan qideolavha tarqaldi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi bergan rasmiy tushuntirishda Senat yalpi majlisida mazkur ishtirokchining sog‘ligi yomonlashib qolgani aytiladi.
Qo‘shimcha kiritilishicha, senator Dilbar Suvonova so‘zga chiqqan vaqtida orqa o‘rindiqda o‘tirgan ishtirokchining sog‘ligi yomonlashib qolgan va jonli efir vaqtida boshqalar e’tiborini tortmaslik uchun tashqariga chiqmay turgan.
«Ishtirokchi bu vaziyatda holatidan kelib chiqib ko‘rinmaslikka harakat qilganligini ta’kidladi.
Hozirda tibbiy muolaja ko‘rsatilgan va holati yaxshi», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter