Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.
Ayni kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Karimov Ziyadulla Danabayevich tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Ziyadulla Karimov 1979 yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda O‘zbekiston milliy universiteti, 2007 yilda Toshkent moliya instituti va 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter