Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqanddagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Avval xabar berilganidek, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv doirasida voyaga yetmagan K.U. (2008 yilda tug‘ilgan qiz bola) ga yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan edi.

Joriy yilning 17 dekabr kuni berilgan  sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, K.U. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan A.R. (2005 yilda tug‘ilgan ayol) ga nisbatan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan JKning 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Shuningdek, A.R. tomonidan 2023 yil oktyabr oyida ham o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan voyaga yetmagan qizni tanasining turli sohalariga qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, do‘pposlab, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu jismoniy zo‘ravonlik ham o‘rganilib, ichki ishlar organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda. 

Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring