Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadan qaytayotgan olti nafar o‘zbekistonlik Qozog‘iston yo‘lida halok bo‘ldi

Rossiyadan qaytayotgan olti nafar o‘zbekistonlik Qozog‘iston yo‘lida halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mangistau viloyatidagi «Beyneu-Tojen» trassasida halokatli YTH sodir bo‘ldi, natijada olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari kasalxonaga yotqizildi.

«Jac miniveni chegaradan o‘tish uchun yo‘l chetida navbatda turgan turgan MAN yuk mashinasi ortidan kelib urilgan. Mashinada jami 10 kishi bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari Beyneu markaziy tuman kasalxonasiga yotqizildi», — deyiladi xabarda.

Mangistau viloyati IIB ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar Rossiyadan O‘zbekistonga mashinada kelayotgan bo‘lgan.

To‘rt jabrlanuvchining ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.

Qayd etilishicha, YTH ishtirokchilarining barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, transport vositalari ham O‘zbekiston davlat raqami belgisiga ega bo‘lgan. Voqea haqida O‘zbekistonning Aqtaudagi Bosh konsulligiga xabar berilgan. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan, fojianing barcha holatlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring