Rossiyada yoqilg‘i quyish shoxobchasi portladi, besh kishi halok bo‘lgan
Dog‘istondagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz berdi, besh kishi halok bo‘ldi.
Maxachqal’a chekkasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Dog‘iston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, besh kishi qurbon bo‘lgan.
«RIA Novosti» agentligi tabiiy ofatlar tibbiyoti markaziga tayanib, qurbonlar orasida bir bola ham borligini ma’lum qildi.
Portlash sabablari hozircha noma’lum. Baza Telegram kanalining yozishicha, bu «yoqilg‘i sisternasi bilan ish paytida» sodir bo‘lgan. Dog‘iston rahbari Sergey Melikov hodisa joyida qutqaruv ishlari bo‘layotgani, jabrlanganlarga kerakli yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter