Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan O‘zbekiston fuqarosi 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi A.G. (ayol) 2019 yilda tug‘ilgan o‘z farzandi R.X. ni (qiz bola) muttasil ravishda qiynab kelgani uchun jazoga tortildi.
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga kiritgan so‘rovi asosida RF Tergov Qo‘mitasining Novosibirsk shahri (Oktyabrskiy rayoni) tergov boshqarmasi tomonidan A.G. ga nisbatan RF JK 117-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar berilgan edi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov Qo‘mitasining axborotiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, A.G. RF JK 117-moddasi 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan hamda jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter