Ravshan Ermatov xalqaro lavozimga saylandi
Ayni paytda Bahraynda Osiyo futbol konfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ijroiya qo‘mitaning Markaziy Osiyo mintaqasi vakili etib saylandi. Ermatovning ushbu lavozimdagi vakolat muddati 2023–2027-yillarni o‘z ichiga oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter