Ravshan Ermatov yana bir nufuzli lavozimni egalladi
Osiyo futbol konfederatsiyasi Qo‘mitalariga vakolat muddati 2023-2027-yillarni tashkil etuvchi tayinlovlar amalga oshirildi.
Bu haqda Championat.asia xabar bermoqda.
Xususan, tashkilotning Hakamlar Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga OFK Ijroiya Qo‘mitasi vakili, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov nomzodi tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov ayni damda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti ham sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter