Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Ermatov oilasida judolik sodir bo‘ldi

Ravshan Ermatov oilasida judolik sodir bo‘ldi

Foto: O‘FA.

Uzoq yillar davomida iqtidorli sportchilarni tayyorlagan, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga xissa qo‘shgan mutaxassis, O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi Sayfiddin Ermatov vafot etdi. Bu haqda O‘FA xabar berdi. 

Sayfiddin Gaziyevich Ermatov 1953-yil 22-fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Yoshlik davrlarida «Paxtakor», «Spartak» va «Avtomobilchi» jamoalarida to‘p surgan. Shundan so‘ng Sayfiddin Gaziyevich «Paxtakor» bolalar-o‘smirlar sport maktabi va xalq orasida «Chig‘atoy» nomi bilan mashhur bo‘lgan futbol bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futboldan saboq bergan.

Keyinchalik futbol hakami va inspektori sifatida samarali mehnat qilgan.

Sayfiddin Ermatov faoliyati davomida ko‘plab iste’dodli yosh hakamlarni tarbiyalashda katta hissa qo‘shgan. Shogirdlari orasida FIFA referisi, futbol mundiallarini boshqarish bo‘yicha jahonning mutlaq rekordchisi Ravshan Ermatov, shuningdek, Abduhamidullo Rasulov kabi taniqli hakamlarni uchratish mumkin. Shuningdek, tarkibida Server Jeparov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Yaroslav Krushelniskiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring