Raqamli texnologiyalar yordamida YPX faoliyatida korrupsiya omili kamaydi

O‘zbekistonda korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalardan biri bu – yo‘l harakat xavfsizligi hisoblanar edi. Biroq so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda ta’sirchan mexanizmlar joriy etilishi natijasida korrupsiyaviy holatlarga barham berildi.
Jumladan:
- birinchidan, GAI xodimlari bodi-kamerada xizmat o‘tashi amaliyoti joriy etildi. Bu amaliyot xalqimiz tomonidan xursandchilik bilan qabul qilinganligi eslash o‘rinli;
- ikkinchidan, shaffoflik ta’minlandi, ya’ni «qo‘l radari» va qog‘oz protokoldan butkul voz kechildi. Bu amaliyot «GAI» xodimlari faoliyatini zamonaviylashtirish, raqamli texnologiyalar imkoniyatidan foydalanishga zamin hozirlab berdi;
- uchinchidan, chiroyli avtoraqamlar auksionda sotilishi joriy etildi.
Bu esa, avtoraqamlarni ilgaridagidek faqat tanishi borlar emas, aksincha oddiy fuqarolar ham sotib olishiga imkoniyat berdi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur yangi va samarali amaliyotlar natijasida korrupsiya omillari keskin kamaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter