Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryodagi tog‘larda qor yog‘di

Qashqadaryodagi tog‘larda qor yog‘di

Videodan kadr.

O‘zbekiston janubidagi tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kuzatildi

Bugun, 30-sentyabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi «Hisor» davlat qo‘riqxonasining «G‘elon» bo‘limi tog‘li hududlari oppoq qorga burkandi.

Qo‘riqxona 1983-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyatidagi Hisor tog‘ tizmasi janubiy qismida, dengiz sathidan 1750–4349 metrgacha balandlikda joylashgan. Janubi-sharq tomonidan Surxondaryo viloyati bilan, shimol tomonidan Tojikiston bilan chegaradosh. 

Eslatib o‘tamiz, ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, janubiy hududlarga kirib kelgan antitsiklon ta’sirida havo harorati pasayib,  yog‘ingarchilik bo‘lishi xabar qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring