Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda mast fuqaro YPX xodimini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Qashqadaryoda mast fuqaro YPX xodimini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

8-iyul, dugshanba kuni soat 19:00 larda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tuman IIB JXX YHXB katta inspektori E.P tomonidan haydovchi S.B. boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda fuqaro S.B. qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, katta inspektor E.P.ning qorin sohasiga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan katta inspektor E.P. Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida vafot etgan. 

Holat yuzasidan 9-iyul kuni Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 97-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring