Poytaxtimiz aholisi va mehmonlari ogohlantirildi
2025 yil 1 yanvar kunidan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi.
Elektron to‘lov turlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilarimiz yo‘l haqi uchun to‘lovni eski narxda 1700 so‘m evaziga amalga oshirishlari mumkin. Ya’ni, narx oshmaydi.
Shuningdek, almashish tariflari faqat ATTO transport kartasida mavjud bo‘lib, ushbu transport kartasidan foydalanuvchi yo‘lovchilar 1 soat davomida avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba harakatlanishlari mutlaqo bepul bo‘ladi.
Toshkent shahrida o‘rnatilgan 5000 mingdan ortiq Paynet, MultiPay va Oson infokioskalaridan 3000 so‘m evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi.
«O‘z vaqtingizni va mablag‘ingizni tejash uchun esa avtobuslarda yo‘l haqini elektron to‘lov turlari, ya’ni: bank kartalari, mobil ilovalar hamda ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz», deyiladi transport vazirligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter