Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga yer solig‘idan imtiyoz berilishi mumkin

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga yer solig‘idan imtiyoz berilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parrandachilik sohasini rivojlantirish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Mazkur qonun loyihasi bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etish belgilanmoqda.

2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda esa O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bino-inshootlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘i, shuningdek, ijaraga berilgan ob’yektlari va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilyapti.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi parrandachilik korxonalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, bolalarga yaratiladigan shart-sharoitlarni yaxshilash, bolalarni sog‘lomlashtirish va aqliy rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring