Wildberries O‘zbekistonga 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Wildberries («RVB» MChJ, Rossiya rezidenti) marketpleysining O‘zbekistondagi faoliyati soliq qonunchiligidagi ayrim talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashkilotda soliq auditi o‘tkazilgan va 2022–2024 yillar uchun budjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘langan.
Qo‘mita, o‘z navbatida, faoliyatni O‘zbekiston qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish soliq organlari bilan o‘zaro ochiq munosabatlarni ta’minlashi va e’tirozlar bildirish uchun asoslarni istisno qilishini eslatmoqda.
Ma’lumot uchun, Wildberries O‘zbekistonda «WB INT EXPORT» MChJ shaklida yuridik shaxs tashkil etib faoliyatini amalga oshirib keladi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin «Temu» elektron savdo platformasi faoliyati O‘zbekiston qonunchiligini buzib kelayotganligi sababli joriy yil 20 martdan e’tiboran cheklanishi xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter