Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi elchisi tayinlandi

Foto: Dunyo AA.

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmonov Afg‘oniston poytaxtiga tashrif buyurdi

Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020-2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.

Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012 yillarda esa O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Pashtu-dari va ingliz tillarini mukammal biladi.

Oybek Usmonov 2012-2024 yillarda Kobulda elchi bo‘lib ishlagan Yodgorxo‘ja Shodmanov o‘rniga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring