Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida necha kun dam oladi?

Hali Ramazon hayiti sanasi rasman e’lon qilinmadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda Ramazon hayiti kunini e’lon qiladi.

Agar Ramazon hayitining 1-kuni 31-mart – dushanba kuniga to‘g‘ri kelsa, Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr) bayramining birinchi kuni ishlanmaydigan bayram kunidir.

Ramazon 29 kun bo‘lishi ham mumkin. Buning sababi Oyga bog‘liq. Masalan shamsiy oylar necha kun bo‘lishi aniq. Lekin ibodat qamariy oylar bilan hisob-kitob qilinadi. Bunday oylar yo 29 kun yo 30 kun bo‘ladi. Oyning chiqishiga qarab farq qiladi.

Agar Ramazon hayitining 1-kuni 30-mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun 31-mart – dushanba ham dam olish kuni bo‘ladi. Chunki, MK 208-moddasiga ko‘ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, hozircha Ramazon hayitida 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari mumkin:

  1. 29-mart– shanba;
  2. 30-mart – yakshanba;
  3. 31-mart – dushanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa hozircha ketma-ket 2 kun dam olishlari mumkin:

  1. 30-mart – yakshanba;
  2. 31-mart – dushanba.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Ramazon hayiti uchun beriladigan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanishi yoki dam olish kunlari ko‘chirilishi ham mumkin.

Manba

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring