O‘zbekistonlik mutaxassis Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi etib saylandi
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) rahbariyati Gulnora Saidovani Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga sayladi.
Ta’kidlanishicha, FIE tarixida birinchi marta Bosh kotib lavozimiga ayol kishi saylangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Gulnora Saidova O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi, shuningdek Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasi ijrochi kotibi, Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasi prezidenti lavozimlarida faoliyat yuritadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter