Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yana ob-havo keskin sovishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yana ob-havo keskin sovishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, 14-16-dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab harorat yana keskin tushib ketadi. 

Mamlakat shimolida 14-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.

Markaziy viloyatlarda (Samarqand, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo) harorat 14-dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15-dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi; 16-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Janubiy viloyatlarda harorat 14-dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduz 9-14° iliq; 15-dekabrda kechasi 2-7° iliq bo‘ladi, kunduzi 0-2° sovuqqacha pasayadi; 16-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida harorat 14-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15-dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi; 16-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda -17 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilyapti. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring