O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkinmi?

Ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalarida joriy yil 4-fevralida O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari (MIX) qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘m etib belgilangani, shu munosabat bilan hamda Konstitutsiyaning 46-moddasi (qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas)ga ko‘ra, pensiya, nafaqa va qonun bilan belgilangan boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar miqdori rasman oshirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
2023-yil 1-mayda qabul qilingan Konstitutsiya yangi tahririda belgilab qo‘yilgan yuqoridagi taribga muvofiq, pensiya va nafaqalar miqdori oxirgi marta 2024 yil 30 aprel kuni PF–69-son Farmon bilan MIX qiymatiga to‘g‘rilangan.
O‘z navbatida, 2024-yil 12-avgustdagi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni bilan pensiya va nafaqalar miqdori o‘tgan yilning 1 sentyabridan boshlab 15 foizga oshirilgan va jumladan:
- ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 745 000 so‘m;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 745 000 so‘m etib belgilangan.
Shunga ko‘ra, Statistika agentligi belgilagan joriy yil 4-fevraldagi minimal iste’mol xarajatlari qiymatining yangi miqdori (669 ming so‘m) ayni paytdagi pensiya va nafaqalar miqdoridan ko‘p emasligi sababli, Konstitutsiyaning 46-moddasi tartibida, ularning oshirilishiga asos qolmaydi.
(Qayta tahrirlangan)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter