Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda markirovka qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda markirovka qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda markirovka qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. Endi qalbaki markirovkali tovarlar savdosi uchun ularni musodara qilish, shuningdek jinoiy javobgarlik belgilanadi.

1. 2024 yil 1 sentyabrgacha Soliq qo‘mitasi tamaki va alkogol mahsuloti, pivo, dori-darmon va maishiy texnika chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalarni «Asl Belgisi» tizimida ro‘yxatdan o‘tishini nazoratga olishi lozim.

2. 2024 yil 1 noyabrgacha markirovkalanishi lozim bo‘lgan tovarlar ulgurji savdosi faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi to‘g‘risida normativ-huquqiy akt loyihasi ishlab chiqilishi lozim.

3. 2026 yil 1 avgustgacha Vazirlar Mahkamasi qalbaki markirovkali tovarlarning majburiy musodarasini joriy etish, shuningdek bunday mahsulot ishlab chiqarilishi, importi va savdosi uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi to‘g‘risida takliflar taqdim etishi lozim.

Nega bunday qilinyapti? Birinchi navbatda – O‘zbekistondagi yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish uchun. Ikkinchidan – O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilayotgan kontrabanda sigaret, kontrafakt alkogol mahsuloti va boshqa tovarlar savdosi kabi holatlarni bartaraf etish uchun.

Kontrabandaga oid vaziyatni raqamlar yaqqol namoyon etadi. Masalan, 2024 yilning birinchi yarim yilligida mamlakatda jami 40 mln so‘mli 1 mln 870 ming quti kontrabanda sigaret qo‘lga olindi. Bir necha kun oldin esa, Surxondaryo viloyatidagi savdo nuqtalaridan birida 21 million so‘mlik 28 turdagi kontrafakt alkogol mahsuloti aniqlandi. Bunday mahsulotdan zaharlanish holatlari kamyob emas, ammo uning uchun hech kim javobgar bo‘lmaydi. Bu esa, noto‘g‘ri.

Tekshiruv reydlari butun mamlakat bo‘ylab amalda har kuni o‘tkaziladi. Va har bir tekshiruvdan keyin ham kontrabanda tamaki mahsuloti, ham kafolatlanmagan sifatga ega alkogol ichkiliklari katta miqdorda qo‘lga olinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring