Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telegramdagi bukmekerlik xizmatlari reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi

Telegramdagi bukmekerlik xizmatlari reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi

Raqobat qo‘mitasi Telegram messenjerida bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari ko‘payganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda va Telegram messenjerida tashkil qilingan guruh va kanallarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Bunda, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi shaxslar axborot texnologiyalaridan keng foydalanib, o‘zining shaxsini yashirib yoki boshqa nom bilan ushbu harakatlarni sodir etmoqda.

Biroq, bu kabi holatlar o‘rganilganda, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilayotgan elektron resurslar sub’yektlarini, mas’ul shaxslarini, Telegram kanal egasini va boshqa ma’lumotlarni aniqlash imkonsiz bo‘lmoqda.

Qo‘mitaga ko‘ra, axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga vakolat doirasida aniqlik kiritish hamda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, «Reklama to‘g‘risida»gi qonunining 46-moddasiga ko‘ra, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring