O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha mamlakatning rasmiy tutumini e’lon qildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda», – deyiladi TIV bayonotida.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqirgan.
«Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz», – deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter