Omadli yo‘lovchiga jamoat transportidan 1 yil bepul foydalanish kartasi berildi
So‘nggi vaqtlarda metro xizmatiga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda va ilk marotaba Toshkent metropoliteni 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.
«Toshkent metropoliteni» DUK xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan metropoliten mas’ul xodimlari ishtirokida «Metrodan foydalangan millioninchi yo‘lovchi» ni aniqlash tadbiri o‘tkazilgan va unda omadli yo‘lovchi aniqlangan.
Ushbu omadli yo‘lovchiga metropoliten esdalik sovg‘asi hamda jamoat transportidan 1 yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport to‘lov kartasi topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter