Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

Ohangaronda dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning mazkur tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.M. va N.J. noqonuniy daromad orttirish maqsadida «Vivafer» nomli 826 quti dori vositasini 9 000 AQSh dollari va 40 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida jami 829 quti ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring