Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nvidia Rossiyadagi ofisini yopmoqda

Nvidia Rossiyadagi ofisini yopmoqda

Foto: AP

AQShning grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasi «o‘z xodimlarining ishini samarali tashkil etish mumkin emasligi» sababli oktyabr oyi oxiriga qadar Rossiyadagi ofisini yopishga qaror qildi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib Forbes yozmoqda.

Aytilishicha, kompaniya o‘z xodimlariga ikki yo‘ldan birini tanlashni taklif qilgan: boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tish yoki tomonlarning roziligi bilan nafaqa olib shartnomani bekor qilish. Manbaga ko‘ra, ayni paytda Nvidia relokatsiyaga rozilik bergan xodimlarini charter samolyotlarida «faol tashish» bilan band.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng Nvidia Rossiyaga o‘z qurilmalarini yetkazishni to‘xtatgandi, o‘sha paytda uning bu mamlakatdagi ofisida 300 kishi ishlardi. Hozirda ularning soni 240 nafar va asosiy qismi — muhandislar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring