Nvidia dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
Seshanba kungi birja savdolari yakuniga ko‘ra, protsessorlar ishlab chiqaruvchi Nvidia (AQSh) dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi.
Nvidia kapitalizatsiyasi bo‘yicha Microsoftni ortda qoldirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Nvidia aksiyalari qiymati kecha 3,3 foizga qimmatlab, bitta aksiyasi 135,41 dollarga yetdi va tarixiy maksimum qayd etildi.
Birja statistikasiga ko‘ra, ayni bir paytda kompaniya kapital qiymati 3,328 trillion dollarga yetib, shu paytgacha dunyoning eng qimmat kompaniyasi sanalgan Microsoft ($3,322 trln)dan o‘zib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter