Dunyoning eng qimmat kompaniyalari uchligida joylar almashdi
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingida 2-o‘rinni Nvidia kompaniyasiga boy berdi.
Dushanba, 14-oktyabr kuni Nvidia aksiyalari 2,43 foiz qimmatlab, savdolar yakunida bir dona aksiyasi $138,07 narx bilan yopildi. Kotirovkalar birinchi marta 138 dollardan yuqoriladi. Natijada kompaniya kapitalizatsiyasi 3,39 trln dollarga yetdi. Microsoft bozor qiymati esa — $3,12 trln.
Apple hamon jahonning eng qimmat kompaniyasi maqomini saqlab turibdi. IT-gigant narxi — $3,52 trln.
Nvidia aksiyalari yil boshidan buyon 2,8 baravar qimmatlashdi. Sun’iy intellekt ommalashib, yangi Blackwell chiplari yaxshi sotilmoqda va kotirovkalar shiddat bilan o‘smoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter